Buxoro Davlat Universiteti tomonidan ishlab chiqilgan Resurs tejamkor ohorlovchi polimer-kompozitsiyalar yaratish va toʻqimachilik korxonalarida joriy etish texnologiyasini tijoratlashtirishga tayyorlash loyihasi 492,4 mln soʻmga moliyalashtiriladi.
Bu haqda viloyatning Innovatsion rivojlanish boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, ushbu loyiha amalga oshishi natijasida kraxmal va uni mahsulotlari sarf miqdorining keskin kamayishi, kalava ipning mustahkamligi 10−15% ga, shuni hisobidan toʻquv dastgohlarida mehnat unumdorligi 1,3−1,5-marta ortishi hisobidan erishiladi.
Shuningdek, Buxoro muxandislik-texnologiya instituti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan “Tabiiy dekontaminantlardan foydalanib ommaviy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish” amaliy loyihasi ham 400 mln miqdorida moliyalashtiriladi.