Forbes-ning yozishicha, Amazon asoschisi Jeff Bezosning boyligi bir hafta ichida $10,6 mlrd ga oshdi.
Umumiy olganda, hozirda Bezosning boyligi $212,4 mlrd ni tashkil etmoqda (hafta davomida miqdor oʻzgarib bordi).
Voqealar Bezos oʻtgan haftada Amazon bosh direktori lavozimini rasman tark etganidan boshlandi. Amazon aksiyalari narxi hafta davomida 5,9% ga qimmatladi.
9-iyul kuni savdolar yopilishidan avval bitta aksiya bahosi $3719,34 ga teng boʻldi.
Forbes USA Amazon aksiyalari narxi koʻtarilishini Bezosning ketishi emas, AQSh mudofaa vazirligining Microsoft bilan $10 mlrd lik shartnomani bekor qilgani toʻgʻrisidagi bayonoti sabab, deb hisoblamoqda.