IT Park rezidenti “Exadel” xalqaro kompaniyasi DevOps metodologiyasiga qiziquvchi talabalar va tajribali tizim administratorlarini DevOps amaliyot dasturiga chorlab qoladi. Kurslar StrategEast ko’magi bilan boshlanadi.

Exadel kompaniyasi taqdim etayotgan amaliyot dasturi sizga mobil ilova yaratish sohasida katta imkoniyatlarni ochadi. Amaliyot o‘tagan stajorlarning 50 foiziga ish haqida taklif kelib tushadi.

Darslar onlayn rejimda, ingliz tilida 2 oy davom etadi. Ushbu vaqt mobaynida siz DevOps muhitiga to‘liq cho‘mg‘ish va xalqaro DevOps hamjamiyatining tajribali mutaxassislari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Exadel kompaniyasi nafaqat O‘zbekistondan, balki Litva, Polsha va Gruziyadan ham stajyorlar izlamoqda.

Nimalarni o‘rganasiz:

  • Agile va DevOps metodologiyalarini tushunib yetish;
  • mobil ilovalarni tahlil qilish, ishga tushirish va ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni topish va tuzatish;
  • build-serverni sozlash, kodlash va o‘z mobil ilovalaringizni ishga tushirish;
  • bulutli provayderlar va texnologiyalar bilan ishlash.

Umumiy talablar (asosiy ko‘nikmalar):

  • OS Linux, Windows, tizim ma’muriyati asoslari;
  • Bash, DOS buyruqlari;
  • Nat, DNS, DHCP, Firewall;
  • Apache Tomcat, JBoss, IIS;
  • Apache HTTP Server, Nginx;
  • Jenkins, Teamcity, Bambuk;
  • muhit turlari, maqsadi va farqi;
  • ma’lumotlar bazalari — turlari, farqlari, xususiyatlari;
  • MongoDB, MS SQL Server, MySQL, PostgreSQL — o‘rnatish, sozlash, zaxira nusxalari;
  • ingliz tilini pre-intermediate va undan yuqori darajada bilish.

Qiziqdingizmi? Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi formani to‘ldiring: https://bit.ly/2UfKy8B

Ro‘yxatdan o‘tish muddati 14-iyulga qadar.

Kompaniya haqida batafsil saytdan ma’lumot olishingiz mumkin: https://exadel.com/