Taniqli milliarder Richard Brenson 5 kishilik jamoasi bilan birga 100 kmga balandlikka parvoz qildi.

Parvoz AQShning Nyu-Mexiko shtatidan amalga oshirildi. U mahalliy vaqt bilan ertalab soat 08:30 da boshlanib, bir soat davom etdi. Mazkur sayohat Virgin Galactik kompaniyasi tomonidan jonli translyatsiya qilindi.

Brensonning kompaniyasida yasalgan raketa samolyot shaklida boʻlib, tashuvchi qism raketani 15 km tepagacha koʻtardi. Keyin xuddi oddiy raketa kabi ajralib chiqib, oʻz dvigateli orqali ovoz tezligidan ham uch baravar kattaroq tezlikka koʻtarilib, Yer atmosferasi va koinot chegarasigacha uchib bordi.

Yer atmosferasi va koinotning chegarasi 100 km tepada joylashgan. Shu sabab maksimal parvoz balandligi 90 kmni tashkil etishi aytiladi. Undan tepada Yer tortish kuchi ishlamaydi.


Brenson pavozni yakunlagach, jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, koinotdan sayyorani tomosha qilish juda ajoyib ekanligini aytdi.

U keyinchalik Unity-ning ilk tijoriy parvozi uchun ikkita oʻrinni oʻziga xos viktorina tarzida gʻoliblarga bepul taqdim etishini maʼlum qildi.

Virgin Galactic kompaniyasi allaqachon sayyohlarni kosmosga olib uchish boʻyicha harakatni boshlab yuborgan va ilk tijoriy parvoz keyingi yildan amalga oshiriladi. Kompaniyaning samolyot-raketasi sayyohlarni olib uchishidan avval milliarder shaxsan oʻzi unda parvoz qilishga qaror qildi.

Bir necha kundan keyin dunyoning eng badavlat odami Jyeff Bezos ham fazoga uchadi. U parvozni oʻziga tegishli Blue Origin kompaniyasi ishlab chiqqan New Shepard kemasida amalga oshiradi. Bezos ham oʻz navbatida Brensonni parvoz bilan tabrikladi.