2021-yilning 12-iyul kuni Toshkent shahrida Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi bilan hamkorlikda Samarqand va Jizzax viloyatlarida qurilishi rejalashtirilgan ikkita quyosh fotoelektr stansiyasi uchun loyiha kelishuvlarini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro Moliya korporatsiyasi (XMK) texnik ko‘magida Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumani va Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida har birining quvvati 220 MVtdan bo‘lgan 2 ta quyosh fotoelektr stansiyalari (QFES) loyihalari uchun ochiq tender savdolari o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, “Masdar” kompaniyasining barcha bosqichlardan o‘tish natijalariga ko‘ra, 2021-yilning may oyida mazkur kompaniya ushbu loyihalarning g‘olibi deb topildi.
Amirlik kompaniyasining kuchli tomonlaridan biri bu QFESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasini 25 yil davomida o‘zgarmas tariflarda yetkazib berish taklifi bo‘ldi. Shunday qilib, kompaniya tomonidan Jizzax QFES elektr energiyasini yagona elektr tarmog‘iga bir kVt. soati uchun 1,823 AQSH senti va Samarqand QFES — 1,791 sent tarifida yetkazib beriladi.
“Masdar” kompaniyasi ushbu loyihalarga $300 mlngacha investitsiya kiritishi, loyihalar 2021-yilning dekabriga qadar moliyaviy yopilishi mo‘ljallangan hamda 2022-yilning birinchi choragida qurilish ishlari boshlanishi kutilmoqda.
Mazkur elektr stansiyalari 2030-yilga borib qayta tiklanuvchi energiya manbalari hajmini 8 GVtga yetkazish, jumladan, quyosh va shamol elektr stansiyalarining quvvati O‘zbekiston energetika sohasi oldiga qo‘yilgan vazifani amalga oshirishga ko‘maklashadi.
Bundan tashqari, taxminan 500 000 tonna CO2 ekvivalentida yillik issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirishga yordam beradi.