Buyuk Britaniyada kriptovalyutaga oid jinoyat fosh etildi. Maʼlum boʻlishicha, politsiya 180 mln funt sterling miqdoridagi kriptovalyutani musodara qilgan.
“Politsiya Britaniya uchun yirik — qariyb 180 mln funt sterling miqdoridagi kriptovalyutani musodara qildi. Bu jahon rekordi boʻlishi mumkin. U 24-iyunda politsiya musodara qilgan 114 mln funt sterling miqdoridagi kriptovalyutadan (oʻshanda $158 million boʻlgan) ancha koʻp”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, operatsiya iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi tomonidan amalga oshirilgan. Operatsiya vaqtida 39 yoshli ayol hibsga olingan. U keyinroq garov evaziga ozodlikka chiqarilgan.
Avvalroq Spot, kriptovalyutalar bozori bir kun ichida $1 mlrd zarar koʻrganligi haqida yozgan edi.