2008-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekistonning 12 vakili Buyuk Britaniyada yashash huquqini beruvchi “oltin viza” ga ega boʻldi, deyiladi Korrupsiyaga qarshi tashkilotning Corruption Spotlight hisobotida. Bu haqda davletov.uz kanalida ham soʻz borgan.
Ushbu viza investorlarga investitsiya evaziga mamlakatda rezident maqomini olish imkoniyatini beradi. Bir necha yildan soʻng, qoida tariqasida, investor fuqarolikka murojaat qilishi mumkin. “Oltin viza” narxi taxminan 2 mln funt sterlingni tashkil qiladi.
Soʻnggi 12 yil ichida “oltin vizalar” ning aksariyati Xitoy (4106), Rossiya (2526), Gonkong (692 viza), AQSh (685), Pokiston (283) va Qozogʻiston (278), Hindiston (254) hisobiga toʻgʻri kelgan.
Aynan bular kim ekanligi xabar berilmagan, ammo hisobotda qozogʻistonlik tadbirkor Madiyar Ablyazov va Ozarbayjon prezidentining amakivachchasi Izzat Javadova esga olinadi.
Spotlight On Corruption ushbu mexanizm Buyuk Britaniya uchun milliy xavfsizlik, korrupsiya va jinoiy daromadlarni legallashtirish uchun katta xavf tugʻdiradi, deb hisoblaydi.