Prezident tomonidan 2021-yil 28-yanvar kuni imzolangan “Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi qaroriga muvofiq kontrafakt mahsulotlar aylanmasiga qarshi samarali kurash olib borish belgilangan edi.
Intellektual mulk agentligi kontrafakt mahsulotlarga qarshi samarali kurash olib borish maqsadida Kontrafakt mahsulotlar katalogini tayyorladi.
Iqtisodiyot, tadbirkorlar, qolaversa isteʼmolchilar huquqiga jiddiy zarar keltiruvchi ushbu omil bilan kurashda jamoatchilik nazorati katta ahamiyatga ega.
Shu bois, katalogda koʼrsatilgan kontrafakt mahsulotlarni xarid qilmaslikni, bu orqali oʼz sogʼligingizni asrash so’raladi. Shuningdek, katalogda koʼrsatilgan mahsulotlarni uchratgan taqdirda @ima_monitoring_bot telegram kanaliga murojaat qilish so’raladi.
Kontrafakt dorilar ro’yxati bilan tanishish uchun quyidagi havola ustiga bosing.