Joriy yilning aprel oyidan onlayn-NKM va virtual kassalardan qabul qilingan onlayn chek ma’lumotlari asosida aylanmadan olinadigan soliq va qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobotlaridagi ma’lumotlarni avtomatik shakllantirish mexanizmi joriy qilingan edi.

Shu jumladan, soliq hisobotlarini to‘g‘ri shakllantirish va tadbirkorlik subyektlari tomonidan ularga tegishli bo‘lgan imtiyozlardan to‘liq foydalanish maqsadida soliq to‘lovchining (my.soliq.uz) shaxsiy kabinetida onlayn-NKM va virtual kassa orqali amalga oshirilgan realizatsiyalar uchun “Imtiyoz” qo‘llash imkoniyati yaratildi.

Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun:

  1. my.soliq.uz portalida soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida “YUSH onlayn-NKM va virtual kassa ma’lumotlari” boʻlimiga kiriladi.
  2. “Imtiyoz” boʻlimi (menyusi)ga oʻtiladi.
  3. Ushbu boʻlimda imtiyoz turi tanlanadi va summasi kiritiladi.Eslatma: Imtiyozning umumiy summasi (naqd, bank kartasi, QQS) summasi onlayn‑NKM va virtual kassa chekining jami summasidan oshmasligi kerak).
  4. Har bir oy uchun bir yoki undan ortiq imtiyoz turlarini tanlash imkoniyati mavjud;
  5. Imtiyoz turlari muvaffaqiyatli saqlangandan soʻng “Soliq hisobotlari” menyusida imtiyoz nomi, kodi va summasi haqidagi ma’lumot avtomat aks ettiriladi".