Mikrokreditlar jismoniy shaxslarga iste’mol kreditlari uchun muqobil bo’lishi mumkin. Kreditning maksimal miqdori besh barobar kamroq, lekin mikroqarzlar naqd pulda yoki ariza beruvchining plastik kartasiga o’tkazib beriladi.
2021- yil iyul holatiga ko’ra 31 bankdan 21 tasi mikroqarzlar beradi.
Kredit olish uchun zarur bo’lgan standart hujjatlar to’plami quyidagilardan iborat:
- pasport nusxasi;
- ariza
- oxirgi 12 oylik daromadlar bo’yicha ma’lumotnoma;
- ta’minlanganlik.
Shartlar oddiy: doimiy maosh yoki nafaqaga ega bo’lish va uchinchi tomon kafilligi kerak bo’ladi.
Spot aniq axborot olish uchun bankning o‘ziga murojaat qilishingizni tavsiya qiladi, chunki shartlar bir qancha omillarga bog’liq.
Bank nomi | Foiz | Pul miqdori (so'mda) | Muddat |
“Agrobank” (online) | Bir yil — 26,99% | 5 milliongacha | 1 yil |
bir yil- 23%, 3-yil — 26,99% | 50 milliongacha | 1yildan 3 yilgacha | |
26,99% | 24,5 milliongacha | 1 yilgacha | |
31% | 22,3 milliongacha | 2 yil | |
26% | 50 milliongacha | 1 yil | |
27% | 50 milliongacha | 1 yil | |
30% 0% | 15 milliongacha 20 milliongacha | 1 yil 1 yil | |
1 yil — 24% 2 yil — 26% | 25 milliongacha | 1 yildan 2 yilgacha | |
1 yil — 26% 2 yil — 28% 3 yil — 30% | 50 milliongacha | 3 yilgacha | |
naqd pul — 28% bank kartasi — 27% | 50 milliongacha | 1 yil | |
26,9% | 50 milliongacha | 2 yilgacha | |
1 yil — 26% 2 yil — 26,9% | 50 milliongacha | 1 yilgacha | |
1 yil — 23,9% 2 yil — 24,9% 3 yil — 25,9% | 50 milliongacha | 3 yilgacha | |
28% | 24,5 milliongacha | 1 yilgacha | |
“Xalq banki” | 26,99% | 24,5 milliongacha | 1 yilgacha |
“Anorbank” | 36−50% skoring ball bo’yicha | 10 milliongacha | 1 yilgacha |
“Turonbank” | 26% | 24,5 milliongacha | 1 yildan ikki yilgacha |
“Ravnaqbank” (onlayn) | 30% | 30 milliongacha | 1 yilgacha |
“Poytaxtbank” | 1 yil — 26% 2 yil — 28% | 50 milliongacha | 1−2 yilgacha |
“Tenge Bank” | 30% 26,9% | 20 milliongacha 50 milliongacha | 1 yilgacha 3 yilgacha |
Shuningdek, “Davrbank"da maqsadi talab qilinmaydigan kredit turlari ham mavjud. Unga qarz bank tomonidan 3 yilgacha muddatda beriladi. Yillik 26,99% ni tashkil etadi, ajratiladigan kredit miqdori 25 million so’mgacha.
Tekshiruv va taqqoslashdan so’ng ma’lum bo’ldiki, “Aloqabank”, “UzAgroExport bank”, “Universalbank"da mikrozaym berish va “Turkistonbank” da kredit berishning barcha turlari vaqtinchalik bekor qilinganligi ma’lum bo’ldi.