Spot hh.uz sayti orqali O’zbekistondagi banklardagi bo’sh ish o’rinlari haqida ma’lumot to’pladi. Unga ko’ra, hozirgi vaqtda “O'zmilliybank”, “Asakabank” va “Markaziy bank” kabi banklarda 50 ga yaqin bo’sh ish o’rinlari mavjud. Ish tajribasi lavozim turiga qarab turlicha talab qilinadi.

Orient Finans Bank

  1. Hisobchi — oylik maosh 2,5 mlndan boshlanadi. Talab qilinadigan ish tajribasi 1 yildan 3 yilgacha. Batafsil bu yerda.

Tenge Bank

  1. Yuridik bo’lim boshlig’i — ish tajribasi bank sohasida 5 yil, boshqaruvchilik sohasida esa 2 yil bo’lishi talab etiladi. Nomzoddan banklar faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlari va boshqa huquqiy faoliyat ko’rsatish asoslarini bilishi kerak. Oylik maosh 15 mlndan 17 mlngacha. Batafsil bu yerda.
  2. Universal hisobchi. Oylik maosh suhbat jarayonida belgilanadi. Talab qilinadigan ish tajribasi 1−3 yilgacha. Batafsil.
  3. Soft-collection operator — Bank mijozlariga qo’ng’iroq qilib kredit to’lovlarini vaqtida amalga oshirishni eslatib turadi. Talab qilinadigan ish tajribasi 1−3 yilgacha. Oylik suhbat jarayonida belgilab olinadi. Batafsil bu yerda.

Davr BANK

  1. Mijozlar markazi operatori lavozimiga vakant mavjud. Ish tajribasi talab etilmaydi. Nomzod o’zbek va rus tillarini bilishi kerak. Oylik ish haqqi 5,5 mln so’mdan boshlanadi. Batafsil quyidagi havola orqali.

**Quyidagi ma’lumotlar maqola nashr qilingan vaqtda aktual hisoblanadi va Spot shartlar tez-tez o‘zgarib turayotganligi bois ma’lumotlarni aniqlashtirish yuzasidan saytni kuzatib borishni maslahat beradi.