Joriy yil iyun oyida mamlakatimizda avtomobilga bo’lgan talab barqaror o’sishni qayd etib, o’tgan may oyiga qaraganda 13,7% ga yuqorilagan. Bu haqda Spot’ga ITIM axborot xizmati xabar berdi.
2020-yilning iyun oyi bilan taqqoslaganda o’sish 12,9% ni qayd etdi.
Hisobot davrida deyarli barcha viloyatlarda (Sirdaryodan tashqari) talab sezilarli oshganligi qayd etilgan. Eng yuqori o’sish suratlari Namangan (22,6%), Navoiy (20,9%), Samarqand (18,8%) farg’ona (16,2%) va Toshkent (16,4%) viloyatlarida kuzatildi.
Tadqiqot natijalari ko’rsatganidek, avtomobilga bo’lgan talab va avtokreditlar o’rtasida korrelyatsiya mavjud. Avtokreditlarning 10% ga oshgani ro’yxatga olinadigan avtomobillar sonini 4% ga oshirgan.
Iyun oyida 18,900 dona yangi avtomobillar ro’yxatdan o’tkazilgan. Ulardan 1171 tasi chet el avtomobillaridir.
Avvalroq Spot, may oyida avtomobil ishlab chiqarish hajmi keskin oshganligi haqida ma’lumot bergan edi.