Neftlix 2022-yilga qadar o’z platformasida video o’yinlar o’ynash imkoniyatini yaratadi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi.
Kompaniya bu ish bo’yicha Electronic Arts va Facebook’ning sobiq bosh menejeri Mayk Verduni yo’llagan. O’yinlar 2022-yilga qadar platformada joylashtirilishi haqida ma’lumot ochiqlangan.
Verdu “Facebook Reality Labs” ning vitse-prezidenti lavozimida faoliayt yuritgan va virtual reallikka asoslangan o’yinlar uchun “Oculus” ko’zoynaklarini ishlab chiqarish uchun mas’ul bo’lgan.
Mavzuga doir:Xakerlar “Electronics Arts” video o’yinlar ishlab chiqaruvchi kompaniyaga hujum qilishdi. Hozirda ular 780 Gb miqdordagi ma’lumotlar bazasi va FIFA hamda Battlefield o’yinlari seriyasi kodlarini qo’lga kiritishgan.
Kompaniya hozircha o’yinlar uchun ortiqcha to’lov talab qilishni rejalashtirmayapti. Yaqin muddat ichida kompaniya jamoani yig’ishni boshlamoqchi va bo’sh vakant o’rinlar haqida ham e’lon berishni boshlagan.
Avvalroq Spot, Netflix video o’yinlar bozoriga chiqishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.