Facebook kompaniyasi bosh direktori Mark Sukerberg 2022-yilgacha Facebook va Instagram kontent mualliflariga qisqa videoroliklar uchun $1mlrd to’lashni reja qilayotgani haqida xabar berdi.
Birinchi dastur — bu Instagramdagi Reels kontenti mualliflarini rag’batlantirishga qaratilgan bo’ladi.
“Biz millionlab video mualliflar o’zlari uchun pul ishlab olishlari va yaxshi hayot kechirishlari uchun qulay platformalar yaratmoqdamiz. Shuning uchun 2022-yilga qadar ijod qiluvlarni Facebook va Instagramdagi yaratgan ajoyib kontentlari uchun rag’batlantirish maqsadida $1 mlrd ortiqroq mablag' jalb etamiz”, deydi Mark.
Ushbu tashabbus doirasida kompaniya yil yakuniga qadar ma’lum ko’rsatgichlarni aks ettiradigan bonusli dasturlarni ishga tushiradi.