Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida joylashgan, umumiy maydoni 1,5 gektar bo’lgan yer qa’ri uchastkasi sotuvga chiqarildi. Bu haqda E-auksion saytixabar bermoqda.
Sotishdan maqsad geologik qidiruv ishlarini olib borish ishlarini amalga oshiruvchi xaridorlarni topishdir.
Yer maydonida asosan oltin qidirilishi ko’zda tutilmoqda.
Lotning boshlang’ich narxi 223 mln so’mni tashkil etadi.
Arizalar iyul oyining 27-sanasiga qadar qabul qilinadi. Savdolar 29-iyunda o’tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Avvalroq Spot, Navoiy viloyatida oltin qazib olish uchun yer maydonlari sotuvga qo’yilganligi haqida ma’lumot bergan edi.