Toshkent viloyati Intellektual mulk himoyasi markazi tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor “M.S.B.”, barchaga mashhur boʻlgan “Nesquik” shokoladi tovar belgisini oʻgʻrilab, “Neskuic” nomi bilan kontrafakt mahsulot ishlab chiqarayotgani aniqlandi.
Agentlik kontrafakt mahsulot ishlab chiqargan huquqbuzarga Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 177-moddasi birinchi qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, Toshkent viloyat Jinoyat ishlari boʻyicha Zangiota tuman sudiga yubordi.
Natijada joriy yilning 14-iyuldagi sud qaroriga asosan huquqbuzarga oʻzganing tovar belgisidan noqonuniy foydalanganlik uchun jarima jazosi tayinlandi.
Avvalroq Spot, Red Bull, “Sevimli” kanali, “Andijon muzqaymog‘i” kontrafakt dori mahsulotlari ro’yxati va Firuz Allayev biznesi bilan bog’liq holatlar bilan bog’liq xabarlarni e’tiboringizga havola etgan edi.