AQSh Sogʻliqni saqlash vazirligining maʼlumotlariga koʻra, iyul oyi oʻrtalarida Qoʻshma Shtatlarda COVID-19 infeksiyasining yangi holatlari 70% ga oshgan. Kasallikning tarqalishi mamlakatning emlashlar soni kam boʻlgan hududlarida qayd etilgan.
Jo Baydenning taʼkidlashicha, Facebook singari ijtimoiy tarmoqlar koronavirusga qarshi vaksinalar haqida notoʻgʻri maʼlumotlar sabab odamlarni oʻldirmoqda.
Oʻz oʻrnida Facebook ham oʻzini aybdor deb hisoblamaydi: kompaniya ijtimoiy tarmoq, aksincha, millionlab odamlarni qutqarishiga ishonchi komil.
“Ular odamlarni oʻldirishyapti. Mana, bizda pandemiya avj olgan joy — bu emlanmaganlar hududi. Ular (ijtimoiy tarmoqlar) odamlarni notoʻgʻri maʼlumotlar bilan oʻldirmoqda”, — dedi Bayden jurnalistlarga.
Facebook ijtimoiy tarmogʻi dezinformatsiya emas, balki vaksinalar toʻgʻrisida ishonchli maʼlumotlarni tarqatishga koʻmaklashayotganini aytib, eʼtiroz bildirdi. Kompaniyada oʻzining ijtimoiy tarmogʻi orqali 2 milliarddan ortiq odamni COVID-19 va vaksinalar haqida ishonchli maʼlumotlar bilan tanishtirganini aytgan.
“Faktlar bilan tasdiqlanmagan ayblovlar bizni xavotirga solmaydi. Fakt shuki, Facebook odamlar hayotini saqlab qolishda yordam bermoqda”, — dedi IT-giganti vakili.
Hammasi qanday boshlangan
May oyining oxirida Facebook oʻzining platformasidan koronavirus sunʼiy ravishda yaratilganligi haqidagi xabarlarni olib tashlamaslikka qaror qildi. Fevral oyidan boshlab, ijtimoiy tarmoq COVID-19 va vaksinalar haqidagi postlarni senzuraga oldi, bunda yetakchi mutaxassislar, jumladan Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bilan maslahatlashuvlarga murojaat qilingan.
Qishga kelib esa Facebook siyosiy reklamalarni vaqtincha taqiqlashi kerak boʻlgan filtrlar tufayli COVID-19 emlashning afzalliklari toʻgʻrisida reklama xabarlarini toʻsib qoʻygandi.
Avvalroq Spot Bayden mamlakatda IT-gigantlar monopoliyasini cheklovchi qarorni imzolaganligi haqida xabar bergan edi.