Binance kriptobirjasi haqiqiy qimmatli qog’ozlarga aloqador bo’lgan blokcheynda yozib olingan tokenizatsiyalashtirilgan aksiyalar bilan savdoni to’xtatadi.

Bu haqda Forbes Russia xabar beradi. Kompaniya raqamli aktivlar savdosini yopib, e’tiborini boshqa loyihalarga qaratmoqchi.

Bu turdagi aktivlarga ega bo’lgan foydalanuvchilarga ularni sotish uchun uch oy muhlat beriladi.

Platfotma o’z faoliyatini 15-oktyabr kuni to’xtatishi aytib o’tilgan. Undan keyin esa Binance orqali tokenizatsiyalashgan aksiyalarni sotib olish mumkin bo’lmaydi.

Shu bilan birga Yevropa iqtisodiy zonasi va Shveysariya rezidentlari o’z aksiyalarini platforma yopilgunga qadar CM-Equity AG kompaniyasining maxsus saytida o’tkazishni reja qilmoqdalar.

Tokenizatsiylashgan aksiyalar- qimmatli qog’ozlarning haqiqiy real aktiv narxiga bog’liq bo’lgan raqamli ko’rinishidir. Tokenizatsiyalashgan aksiyalar oddiy qimmatli qog’ozlarga qaraganda qismlarga bo’lib sotib olinadi.

Ma’lumot uchun: iyun oyining oxirida Binance kriptobirjasi faoliyati Buyuk Britaniya hududida taqiqlanishi haqida xabar berilgan edi. 30-iyunga qadar kompaniya reklamalar va promoaksiyalar ishlashini butunlay to’xtatishi kerak.