New Shepard nomli birinchi savdo parvozi 20-iyul kuni amalga oshiriladi. Ekipajdan tashqari unda tadbirkor Jef Bezos , uning akasi,82 yoshli amerikalik uchuvchi Uolli Fank va gollandiyalik milliarderning o’g’li Deymen Oliver ham bor.

Deymen Oliverning otasi “Somerset Capital Partners” kompaniyasi asoschisi aslida ikkinchi marta amalga oshiriladigan parvoz uchun to’lov qilgan edi.

Ammo noma’lum g’olib bu o’rinni auksionda $28 mln ga sotgan va uning o’g’li Deymen birinchi parvoz paytida uchish imkoniyatini qo’lga kiritdi.

Oliver 2020-yilda maktabni tamomlagan. Universitetga kirishdan oldin oldin u bir yil o’tkazishni va bu vaqt ichida uchuvchilik litsensiyasini olishga qaror qilgan edi. Sentyabr oyida u Utrext universitetida fizika va investitsion menejment yo’nalishlarini mukammal o’rganish uchun o’qimoqchi.

“Ushbu parvoz New Shepard uchun tijorat faoliyatining boshlanishini, Oliver esa kosmosga yo’l ochishimizga yordam beradigan odamlarning yangi avlodini anglatadi”, — dedi Blue Origin bosh direktori Bob Smit.

Shunday qilib, Blue Origin’ning ta’kidlashicha, Deymen eng yosh, Uolli Fank esa kosmosda bo’lgan eng keksa astronavt bo’ladi. O’z navbatida, Jeff Bezos kosmosga sayohat qilgan eng boy odamlardan biriga aylanadi.

Avvalroq Spot, taniqli milliarder Richard Brenson 5 kishilik jamoasi bilan birga 100 kmga balandlikka parvoz qilganligi haqida ma’lumot bergan edi. U milliarderlar orasida birinchi bo’lib kosmosga sayohat qilgan inson sifatida qayd etilgan.