Spot avval yozganidek, Chorvoq yaqinidagi davlatga tegishli boʻlgan obyektlar sotuvga qoʻyilmoqda.

Asosan, bu turli boʻlimlar, ilmiy institutlar va kompaniyalarga biriktirilgan dam olish joylari hisoblanadi.

Xususiylashtirish orqali davlat idoralar muvozanatini yumshatishni, uning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirishni va xususiy sektorga sotish orqali boʻlsa ham ushbu obyektlarning ishlashini tiklashni istaydi.

Kuni kecha yana ikkita dam olish zonasi kim oshdi savdosiga qoʻyildi.

Tibbiyot akademiyasining sobiq dam olish zonasi

  • Yer uchastkasining umumiy maydoni 2 gektar, bino va inshootlar hududi — 640,3 kvadrat metrni tashkil etadi. Elektr va suv bor.
  • Yangi egasi 24 oy ichida bu joyda 50 xonali mehmonxona hamda dam olish zonasini tashkil qilishi kerak.
  • Lotning boshlangʻich narxi — 3,6 mlrd soʻm. Arizalar 14-avgustgacha qabul qilinadi, auksion 16-avgustda boʻlib oʻtadi.



Rangli metallar institutining binolari va dam olish hududi

  • Yer uchastkasining umumiy maydoni 2,6 gektar, bino va inshootlar hududi — 899,8 kvadrat metrni tashkil etadi. Elektr va suv bor.
  • Yangi egasi 24 oy ichida bu joyda 50 xonali mehmonxona hamda dam olish zonasini tashkil qilishi kerak.
  • Lotning boshlangʻich narxi — 4,5 mlrd soʻm. Arizalar 14-avgustgacha qabul qilinadi, auksion 16-avgustda boʻlib oʻtadi.


Spot avvalroq Divan restoranining egasi uni onlayn-auksionda sotuvga qoʻyganligi haqida xabar bergan edi.