Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Sirdaryo vino “AJ ustav kapitalidagi 51 foiz aksiyalar paketini raqobatga asoslangan sotuv jarayoni orqali sotish rejasini e’lon qildi.
Sotish ishlari Prezidentning 2021-yil 11-fevraldagi “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida"gi PF-6167-son Farmoniga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Sotuvchi Davaktiv agentligi huzuridagi “UzAssets investitsiya kompaniyasi"dir.
Zavodni xususiylashtirish bo‘yicha maslahatchi sifatida KPMG kompaniyasi tanlab olingan.
Kompaniya toʻgʻrisida qisqacha ma’lumot:
- Konvin Toshkent viloyatining G’azalkent shahrida, ekologik jihatdan toza hududda, mamlakatning kurort va turistik mintaqasida, Toshkent shahridan 58 km masofada joylashgan;
- Asosiy inshootlarga aroq va alkogolli ichimliklarni quyish uchun uchta liniya, konyak spirtini distillash uchun uchta liniya va suv-spirtli aralashmani ishlab chiqarish qurilmasi kiradi;
- Korxona hududida bitta artezian qudugʻi mavjud;
- Zavodning ishlab chiqarish portfeli 34 turdagi aroq markalarini oʻz ichiga oladi;
- 2020-yilda umumiy ishlab chiqarish 376 ming dekalitrni tashkil etdi, shundan 273 ming dekalitr yoki 73% aroq mahsulotlari ishlab chiqarishga, shu jumladan “Kent”, “Best”, “Vipmen”, “Vozduh” va boshqa brendlarga toʻgʻri keladi;
- Shuningdek, korxonada uzumni soatiga 30 tonna yoki yiliga 2500 tonna qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan uzumni dastlabki ishlov berish sexi, shuningdek, quvvati yiliga 8,0 ming dekalitr boʻlgan konyak spirtini distillash sexi mavjud.
Quyidagi havola orqali Kompaniya toʻgʻrisida qoʻshimcha ma’lumot olish mumkin.
Bitimni amalga oshirish va Sotish jarayoni barcha manfaatdor tomonlar uchun ochiq bo‘lgan takliflarni taqdim etishning raqobatga asoslangan jarayoni sifatida tashkil etilgan.
Jarayon manfaatdor talabgorlardan takliflarni qabul qilish va manfaatdor ishtirokchilarning bir yoki bir nechtasi bilan keyingi muzokaralardan iborat boʻladi.
Jarayonlarda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali amalga oshiriladi.
Mavzuga doir:
- “Mastona” vino zavodini xususiylashtirish boshlandi. Zavodning ishlab chiqarish quvvati 500 ming dekalitr aroq va 200 ming dekalitr vinoni tashkil etadi.
- “Xovrenko nomidagi Samarqand vino kombinati” ustav fondidagi 71,2 foiz ulush sotuvga qo’yildi. Xususiylashtirish jarayoni ikki bosqichda — ishtirokchilarni malakaviy saralash va Tijorat va moliyaviy takliflarni ko‘rib chiqish va Bitimni tuzish asosida amalga oshiriladi.
- “Nukus vinozavodi” xususiylashtiriladi. Kompaniya ustav kapitalidagi 51 foiz davlat ulushi 2 bosqichda raqobatga asoslangan holda sotiladi.
- “Sirdaryo vino” zavodi xususiylashtiriladi. Kompaniya ustav kapitalidagi 51 foiz davlat ulushi raqobatga asoslangan holda sotiladi.