Joriy yilning 20−21-iyul kunlaridan boshlab “Toshkent-Urganch-Toshkent” yoʻnalishida qoʻshimcha 156/155 sonli yoʻlovchi poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu poyezdlar 20-iyuldan har haftaning seshanba va payshanba kunlari soat 20:13 da Toshkent-Janubiy vokzalidan yursa, 21-iyuldan boshlab esa har haftaning chorshanba va juma kunlari soat 16:49 da Urganch vokzalidan doimiy ravishda qatnovini amalga oshiradi.
Avvalroq Spot Oʻzbekiston yana “Afrosiyob” tezyurar poyezdidan xarid qilganligi haqida yozgan edi.