“Oʻzavtosanoat” AJ “Avtoolam” MCHJga bosh direktor lavozimiga mutaxassislarni taklif qiladi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar beradi.

Nomzodlarga asosiy talablar:

  • Marketing/menedjment/iqtisodiyot yoʻnalishida oliy ta’lim;
  • Poligrafiya yoki reklama agentliklarida kamida 3-yil boshqaruv tajribasi;
  • Kreativlik, keng dunyoqarash, nostandart vaziyatlarda vazifalarni hal qila olish;
  • Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini ish jarayonida qoʻllash tajribasi;
  • Biznes yondashuv va iqtisodiy-moliyaviy masalalar boʻyicha yetarli bilim va koʻnikmaga ega boʻlish;
  • Liderlik va mehnat jamoasini rivojlantirish saloxiyati.

Vazifalari:

  • “AvtoOlam” MCHJ tipografiya faoliyatini samarali tashkil etish;
  • Barcha biznes jarayonlarning auditi, optimal ish uslublarini yaratish, tarkibiy boʻlinmalar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni samarali tashkil etish;
  • Poligrafiya xizmatlari boʻyicha mijozlar sonini oshirish;
  • Strategik rejalashtirish, biznes rentabelligini oshirish;
  • Maxsulot va xizmatlar diversifikatsiyasi orqali korxona sof foydasini oshirish;
  • Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish orqali korxona bozor qiymati va investitsion salohiyatini oshirish;
  • Poligrafiya uskunalari va ishlab chiqarishni uzluksiz ishlashini ta’minlash.

Sharoitlar:

  • Ish haqi (suhbat natijasiga koʻra);
  • KPI natijalariga koʻra bonusli dastur;

Asosiy koʻnikmalar:

  • Strategik boshqaruv;
  • Natijaga yoʻnalganlik;
  • Inqirozga qarshi boshqaruv;
  • Tashkiliy koʻnikmalar

Boshqa shartlar nomzod bilan intervyu davomida muhokama qilinadi.

Batafsil quyidagi havola orqali.