Jeff Bezos jamoasi kosmik parvozga tayyorgarlikni boshladi. Oʻquv dasturida xavfsizlik boʻyicha brifinglar, kosmik parvozlarni simulyatsiya qilish, raketa va uning ishlashi haqida umumiy maʼlumot, shuningdek, samolyot kabinasida nol tortish kuchida harakatlanish boʻyicha koʻrsatmalar mavjud, deb yozadi Reuters.

Blue Origin rahbari bilan birga uning akasi Mark Bezos, 82 yoshli uchuvchi Uolli Fank va fizika fakulteti talabasi Oliver Damen kosmosga uchishadi.

“Birinchi uchuvchisiz parvoz 20-iyul, seshanba kuni rejalashtirilgan va u 11 daqiqa davom etadi. New Shepard bortida astronavt yoki oʻqitilgan xodim boʻlmaydi”, — deya xabar berdi Blue Origin.

New Shepard 11-iyuldagi parvoz (Richard Brensonning parvozi) kabi Yer orbitasiga kirmaydi, ammo “raqib"idan farqli oʻlaroq, Bezos va uning jamoasi Karman chizigʻiga — Yer atmosferasi va kosmos oʻrtasidagi shartli chegaraga koʻtariladi.

Blue Origin kompaniyasining navbatdagi parvozi, sentyabr oyi oxiri yoki oktyabr oyi boshlarida amalga oshiriladi, dedi bosh direktor Bob Smit. Unga koʻra, odamlar kosmik sayohat uchun pul toʻlashga tayyor, kompaniyaning kelajakdagi parvozlariga talab katta.