Koronavirus pandemiyasi davrida toʻyxonalar faoliyati yuzasidan yana bir oʻzgarish kiritildi.
Xabaringiz bor, 20-iyuldan boshlab, yurtimizdagi umumiy ovqatlanish obyektlari — restoran, kafe, oshxona va choyxonalarni soat 8:00 dan 20:00 gacha faqatgina ochiq havoda ishlashiga (mehmonxonalarda tashkil etilgan restoran va kafelar bundan mustasno) ruxsat berilgan edi.
Shuningdek, yana bir kiritilgan oʻzgarishga koʻra, shu yil 20-iyuldan agar toʻyxonalarda (restoranlar) oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarni ochiq havoda oʻtkazish imkoni boʻlmagan taqdirda sanitariya va gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda 50 kishidan koʻp boʻlmagan (yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) sharti bilan oʻtkazishga ruxsat beriladi.
Umumiy ovqatlanish obyektlari — restoran va oshxonada tayyorlangan taomlarni yetkazib berish xizmati (keytering) bilan faqat soat 8:00 dan 23:00 gacha boʻlgan vaqtlarda shugʻullanishlariga ruxsat beriladi.