Tesla 2021-yil oxiriga qadar oʻzining quvvatlash stansiyalar tarmogʻini boshqa elektromobillar uchun ham taqdim etadi.
Kompaniya dastlab elektromobil vositalarini zaryadlash uchun oʻzining vositasini patentladi. Bu esa Twitter-da savollarga sabab boʻldi. Ilon Mask bunga 2021-yilda kompaniya Tesla Supercharger tarmogʻini boshqa brendlar uchun ham taqdim etishni rejalashtirayotgani bilan izohladi.
“Biz oʻz ulagichimizni yaratdik, avvalgi paytlarda standart yoʻq va Tesla uzoq masofali elektromobil vositalarining yagona ishlab chiqaruvchisi edi. Bu past va yuqori quvvatni zaryadlash uchun juda nozik ulagichdir. Biroq bu yil biz Supercharger tarmogʻimizni boshqa elektromobillar uchun ham taqdim etamiz”, — deya yozgan Mask.
Shuningdek Mask, stansiyalar butun dunyo boʻylab mavjud boʻlishini qoʻshimcha qildi. Buning uchun kompaniya adapterlarni ishlab chiqarilishi va mobil ilovani oʻzgartirishi kerak ekan.
Tesla butun dunyo boʻylab 25000 dan ortiq zaryad stansiyalarini oʻrnatadi. Ushbu shoxobchalar orqali elektromobilni 15 daqiqa ichida quvvatlantirish mumkin boʻladi. Bu zaryad esa 200 millik (321 km) sayohatga yetadi.
Avvalroq Spot Tesla Panasonic kompaniyasining barcha aksiyalarini sotib olganligi haqida xabar bergan edi.