AQShda dunyodagi birinchi 5G texnologiyasiga ega “aqlli shahar” barpo etish rejalashtirilmoqda. Shahar Vashington yaqinida, Amazon shtab kvartirasidan uzoq bo’lmagan hududda joylashgan bo’ladi.

Loyiha mualliflari AT&T mobil aloqa operatori va ko’chmas mulkka investitsiya kiritadigan JBG Smith kompaniyasi bo’ldi.

“Aqlli” shahar uchun shimoliy Virjiniya shtatidagi National Landing maydoni tanlab olindi.

Tarmoqni jihozlash ishlari 2022-yilning birinchi yarmida amalga oshiriladi. Loyiha “aqlli” shaharlar uchun prototip sifatida tashkil etilmoqda. U yerda haydovchisiz avtomobillar harakatlanishi uchun maydon, “aqlli” yoritish tizimi, internet vositalari, turli sohalarda sun’iy intellektni qo’llash uchun sharoitlar mavjud bo’ladi.