SpaceX suv toshqini natijasida uyali aloqasiz va internet tarmogʻisiz qolgan Germaniyaning ayrim qismlariga Starlink sunʼiy yoʻldoshli internet uskunalarini oʻrnatdi.
Kompaniyaning xabar berishicha, hozirgacha Olmoniyada hammasi boʻlib oʻn ikkita Starlink tizimi oʻrnatildi. Yaqin kelajakda yana ana shunday qurilmalardan 23 tasi oʻrnatiladi.
Toshqin paytida 500 dan ortiq uyali aloqa vositalari vayron qilingan yoki ishlamay qolgan. Ularning 70% qismi tiklandi.
Avtoulov ishlab chiqaruvchilari ham jabrlanganlarni qoʻllab-quvvatladilar, deb xabar beradi T-online.
Opel zarar koʻrgan mijozlarga uch hafta davomida avtoulovlarni bepul taqdim etadi, Ford qutqaruv ishlari uchun furgonlar va yuk mashinalarini bermoqda. Volkswagen esa €1 mln xayriya qildi.