Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi o‘zining jozibador turistik salohiyatiga ega bo‘lgan “Geoburtexnika” davlat korxonasiga qarashli dam olish maskani hamda “Gidroenergetik” sport sog‘lomlashtirish oromgohi bilan bog‘liq auksion savdolaryakunlandi.

2 nafar talabgor ishtirokidagi “Geoburtexnika” davlat korxonasi dam olish maskani savdosida boshlang‘ich narxi 5,743 mlrd. so‘m bo‘lgan davlat aktivi 8,499 mlrd. so‘mga sotildi.


Shuningdek, boshlang‘ich narxi 3,574 mlrd. so‘m bo‘lgan “Gidroenergetik” sport-sog‘lomlashtirish oromgohi 7,077 mlrd. so‘mga xususiy sektorga sotildi.


Endilikda, ushbu davlat aktivlari egalari tomonidan 24 oy mobaynida xalqaro standartlarga mos keladigan kamida 3 yulduzli mehmonxona majmuasini barpo etish talab etiladi.

O‘z navbatida, bugungi kunda turizm yo‘nalishdagi xuddi shunday qator davlat aktivlari auksion savdolariga chiqarildi, jumladan:

Investor tomonidan amalga oshiriladigan loyiha “Chorvoq” erkin turistik zona direksiyasi bilan kelishiladi.