Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonga xorijdan 268 ta elektromobil import qilingan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 230 taga koʻp.
2021-yilning iyun oyida Oʻzbekistonga 63 ta elektromobil olib kelindi, bu may oyiga qaraganda 14 taga koʻp.
Mazkur davrda Oʻzbekiston asosan quyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:
- Xitoy — 228 ta
- Turkiya — 24 ta
- Janubiy Koreya — 5 ta
- AQSH — 5 ta
- Germaniya — 4 ta
- Litva — 1 ta
- Ispaniya — 1 ta
Avvalroq Spot Samarqand viloyatida birinchi elektr quvvatlash bekati paydo boʻlganligi haqida xabar bergan edi.