McDonaldʼs xodimlari ofisda avvalgidek toʻrt kun emas, haftada uch kun ishlashlari mumkin boʻladi. Bu haqda kompaniya bosh direktori Kris Kempchinski Bloomberg-ga bergan intervyusida aytib oʻtgan.
“Zoom, Webex va videokonferensiyalar yaxshi vaqtinchalik choralardir, ammo ular hamma narsaga erishib boʻlmaydi, shu sabab xodimlarni gibrid usulida ishga chaqiramiz”, — dedi Kempchinski.
AQShda Covid-19 delta shtammining tarqalishi sababli mahalliy kompaniyalar yangi ish tartibiga oʻtishga harakat qilmoqda. Masalan, Apple xodimlari oktyabr oyidan boshlab haftasiga uch kun ofisdan ishlashlari kerak. Kompaniya ushbu chorani sentyabr oyida joriy qilmoqchi edi, ammo xodimlar bunga qarshi chiqishdi.