O‘zbekiston Respublikasi to‘lov xizmatlari bozorida 20 dan ortiq to‘lov kompaniyalari faoliyat yuritmoqda. Bugungi kunda Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazi o‘rtasida bir nechta tijorat banklari bilan hamkorlik memorandum imzolangan.
Shulardan biri “AnorBank” aksiyadorlik tijorat bankining “Anor” to’lov tizimi hisoblanadi. Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazi tomonidan budjet tashkilotlariga zamonaviy texnologik xizmatlarni ko‘rsatish maqsadida “UzASBO” dasturiy majmuasi bilan “Anor” to’lov tizimi integratsiya qilinmoqda.
“Anor” to’lov tizimi tomonidan budjet tashkilotlari xodimlariga mikroqarzlarni rasmiylashtirish va mikrokreditlarni berishni amalga oshirish rejalashtirilgan.
2011-yilda ishga tushurilgan “UzASBO” dasturiy majmuasida bugungi kunda 30 mingdan ortiq budjet tashkilotlari ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, jami
3 milliondan ortiq budjet tashkilotlari hodimlariga ish haqi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda.
“Anor” to‘lov xizmatlari orqali “Oylik monitoring” xizmatini (oylik ish haqi bo‘yicha elektron shaklda to‘liq ma’lumotlar olish xizmati) amalga oshirish bo‘yicha xizmatlarni yo‘lga qo‘yish belgilangan.
Bundan tashqari kelgusida mazkur xizmatlar ro‘yxatini yanada kengaytirib borish ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, aholidan budjet tashkilotlariga to‘lovlarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
Avvalroq Spot, “Apelsin” to‘lov tizimi o’rtasida hamkorlik yo’lga qo’yilishi haqida ma’lumot bergan edi.