Xitoydagi birinchi kriptomilliarderlardan biri va BTC China birjasi asoschisi Bobbi Li mamlakat hukumati kriptovalyutadan foydalanish bo’yicha qo’shimcha taqiqlar kiritadi deya hisoblamoqda. bu haqda u Bloombergga bergan intervyusida aytib o’tgan.
Li 2017-yilda o’zi tomonidan asos solingan BTCC birjasini sotib yuborgan. Bunga sabab — Xitoydagi maynerlarga nisbatan ko’rsatilgan birinchi repressiya bo’ldi.
2021-yilda repressiyaning ikkinchi to’lqini boshlandi. Regulyator tomonidan to’lov xizmatlari va banklarda kriptovalyuta bilan operatsiyalar amalga oshirish taqiqlandi.
Mavzuga doir: Xitoy yuridik shaxslarga kriptovalyuta orqali operatsiyalar amalga oshirishni taqiqladi. Xitoy hukumati kriptovalyutaning haqiqiy qiymatini tasdiqlovchi hujjat yo’qligini va shuning uchun doimiy manipulyatsiya obyekti ekanligini va undan foydalangan shartnomalar Xitoy qonuni bilan himoyalanmaganligini eslatdi.
Buning natijasida bitkoin yil bsohiidan beri erishgan maksimal $65 000 narx, 40% ga pastladi.
“Hukumat qila olishi mumkin bo’lgan keyingi qadam bu — mamlakatda butunlay kriptovalyutani taqiqlashdir. Menimcha bundan bo’lishi 50/50 hisobida. Aslida repressiya ekologiya uchun emas Xitoydagi tartibga solinmaydigan moliyaviy mahsulotlarni ko’payishini oldini olish uchun qilinmoqda, — deydi Li.
Kriptomagnat bitkoin keljagiga hali ham optimizm bilan qaraydi. Uning fikricha bitkoin narxi jotiy yilda $250 000 ni 2025-yilga kelib esa $1 mlnni tahskil etishi mumkin.