Tesla 2021-yilning ikkinchi choragi boʻyicha hisobot berdi, unga koʻra daromad oʻtgan yilga nisbatan 98% ga oʻsib, $11,96 mlrd ni tashkil etdi. Sof daromad (GAAP) ikkinchi chorakka nisbatan 998% ga oʻsdi va $1,14 mlrd ni tashkil etdi.
CNBC-ning taʼkidlashicha, kompaniya ilk marta bir chorak davomida $1 mlrd dan ortiq sof foyda koʻrgan.
Elektrokar vositalarini sotishdan tushgan umumiy daromad oʻtgan yilga nisbatan 97% ga oʻsib, $10,21 mlrd ni tashkil qildi. Iyul oyida Tesla bozorga 201 250 ta elektromobil yetkazib berish va chorak davomida 206 421 ta avtomobil ishlab chiqarish toʻgʻrisida xabar berdi.
Tesla shuningdek, energetika boʻlimidan $801 mln daromad olganligi haqida xabar berdi. Bu asosan, uylar va korxonalar uchun quyosh energiyasini yetkazib berish ortidan kelgan.
Avvalroq Spot Tesla barcha elektromobillar uchun universal quvvatlagich stansiyasini ishga tushirishi haqida xabar bergan edi.