Apple hisobotida (pdf) aytilishicha, aprel, may, iyun oylarida kompaniyaning daromadi $81,43 mlrd ga koʻtarildi, 2020-yilning uchinchi choragida bu koʻrsatkich $51,9 mlrd ni tashkil etgandi.
Sof daromad esa $21,74 mlrd ga yetdi (avvalgi yilda $11,25 mlrd edi) va har bir aksiya uchun daromad $0,65 dan $1,30 gacha koʻtarildi.
Xizmatlardan tushadigan daromad 33% ga oʻsib, $17,48 mlrd ni tashkil etdi.
IPhone sotishdan tushadigan daromad 49,78% ga oʻsib, $26,41 mlrd dan — $39,57 mlrd ga oʻsdi. Mac daromadlari $7 mlrd dan — $8,24 mlrd ga oʻsdi. Pad sotuvi esa kompaniya daromadlarini yana $7,37 mlrd ga oshirdi.
Apple kompaniyasining kapitallashuvi 2021-yil boshidan buyon 10,6% ga oʻsdi va $2,49 trln ni tashkil etmoqda.
Avvalroq Spot Microsoft va Tesla-ning ushbu chorakdagi moliyaviy hisobotlari haqida yozgan edi.