Markaziy bankning moliyaviy savodxonlik boʻyicha keys-chempionat o’tkazishini e’lon qildi.
Unga ko’ra ishtirokchilar keyslar mazmunini o’rganib yechimlarni taqdim etishlari va ball toʻplashlari kerak. Keys-chempionat gʻolibi 16 ta keys boʻyicha umumiy hisobga koʻra eng yuqori ball toʻplagan jamoa hisoblanadi! Gʻolib jamoa oktabr oyida “Butunjahon jamgʻarish kuni” doirasida aniqlanadi.
Agar jamoangiz bilan oldindan roʻyxatdan oʻtmagan boʻlsangiz, lekin ishtirok etishni xohlasangiz:
- 3−5 kishidan iborat jamoa yigʻing (barcha ishtirokchilar universitet talabalari boʻlishi kerak)
- “Roʻyxatdan oʻtish shakli"ga muvofiq ma’lumotlarni konkurs.cbu@gmail.com elektron pochta manziliga yuboring
- Yangi keyslarni oʻrganing va yechimlarni konkurs.cbu@gmail.com elektron pochta manziliga yuboring.
Ushbu havola orqali jamoangizni roʻyxatdan oʻtkazing. Onlayn ariza jamoa lideri nomidan yuboriladi
Markaziy Bank tomonidan “Moliyaviy savodxonlik boʻyicha keys-chempionat” Qoidalari. Ishtirok etish uchun qoʻshimcha materiallar.