Yakunlangan chorakda Microsoft kompaniyasining daromadi $46,15 mlrd ga oʻsdi. 2020-yilning shu davrida mazkur raqam $38 mlrd ni tashkil etgandi, deyiladi kompaniya hisobotida.
Kompaniyaning chorakdagi sof daromadi $16,45 mlrd ga koʻtarildi, bunda har bir aksiya $2,17 ni tashkil etgan.
Shuningdek, Intelligent Cloud bulutli platformasidan tushum $17,4 mlrd, More Personal Computing xizmatidan $14,1 mlrd tushum kelgan.
Tijoriy Windows, bulutli xizmatlardan va tijorat Office mahsulotlaridan olingan daromad 20% ga, Dynamics 33%, Search Ads esa 53% ga oshdi.
Server mahsulotlaridan va bulutli xizmatlardan olinadigan daromad Azure daromadlarining oʻsishi hisobiga 34% ga oʻsgan.
Avvalroq Spot Tesla-ning chorak daromadlari rekord summaga yetganligi haqida xabar bergan edi.