“Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Hukumat qarori (465-son, 28.07.2021-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2021-yil 1-oktabrdan avtotransportlar oynalarining tusini oʻzgartirishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmati faqat Yagona inreraktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali koʻrsatiladi.
Qoraytirish ishlari avtotransport vositasi egasi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Avtotransport orqa oynasining tusini yorugʻlik oʻtkazuvchanligi cheklanmagan darajada oʻzgartirish, shuningdek, old oynasining tepa qismi tusini 14 sm dan koʻp boʻlmagan polosa shaklida yorugʻlik oʻtkazuvchanligi cheklanmagan darajada oʻzgartirish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.
Ruxsatnoma 1 yil muddatga beriladi. Ariza beruvchi tomonidan ruxsatnoma uchun toʻlov 10 kun muddatda amalga oshiriladi.
Ruxsatnoma avval berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddatigacha qayta rasmiylashtiriladi. YAIDXP orqali ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilgani uchun toʻlov undirilmaydi.
Bu to’g’risidagi qonun hujjati joriy yilning fevral oyida muhokamaga qo’yilgan edi.
28 iyul 2021, 15:02
Biznes
Qonunchilik
“Tonirovka"ga ruxsatnoma berish yagona portal orqali amalga oshiriladi
Xizmatni taqdim etish 1-oktyabrdan boshlanadi va 1 yil muddatga beriladi.
Foto: iStock
«Spot»
- 1 516
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Kecha, 20:16 Biznes
UzAuto Motors Cobalt uchun kontraktatsiyani yakunladi
Kompaniya 10 soat ichida jami 55 494ta Cobalt GX-Style AT Plus va GX-Midnight AT modellari uchun shartnoma tuzgan.
Kecha, 19:59 Texnologiyalar
Apple Siri’ning yangi versiyasini ishlab chiqmoqda — Bloomberg
Yangilangan ovozli yordamchi kompaniya qurilmalari bilan muloqotni yanada tabiiy va samarali qilishga yordam beradi.
Kecha, 19:12 Energetika
O‘zbekiston yil boshidan buyon Xitoyga $540 mlnlik gaz eksport qildi
Shu bilan birga, Turkmaniston va Rossiyadan gaz importi 2,4 baravarga oshib, $1,36 mlrdga yetdi.
Kecha, 18:49 Foydali
Onlayn-kinoteatrlar: O‘zbekistonda film va seriallarni qaysi platformalarda tomosha qilish mumkin va bu qanchaga tushadi?
Spot mahalliy va chet el striming xizmatlariga obuna bo‘lish narxi, kontent miqdori va sifati haqidagi ma’lumotlarni to‘pladi.
Kecha, 18:39 Iqtisodiyot
Toshkent fond birjasi IT-infratuzilmasini Bloomberg platformasi bilan integratsiya qildi
Bu orqali kotirovkalar, buyurtmalar kitoblari va boshqa asosiy ko‘rsatkichlarni real vaqt rejimida uzatish mumkin.
Kecha, 17:54 Biznes
Boeing AQShda 2500dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatmoqda
Ishdan bo‘shatishlar kompaniyaning 17 000 ish o‘rnini yoki ishchi kuchining 10%ini qisqartirish rejasi doirasida amalga oshiriladi.
Kecha, 16:01 Moliya
Dollar kursi yana pasaydi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 15 so‘m 14 tiyinga pasayib, 12 829,07 so‘mni tashkil etdi.
Kecha, 16:00 Energetika
Jizzaxda 3,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilindi
Xususan, fermer xo‘jaligi shartnomasiz elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib olganliklari aniqlangan.