АТТО kompaniyasi yagona transport kartalari (koʻk rangli) egalari uchunaksiya e’lon qildi. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
2021-yil 1-avgustdan 30-sentabrgacha boʻlgan muddatda oʻtkazilayotgan aksiya doirasida ATTO kartasi orqali toʻlovlarni amalga oshirishda yoʻlovchilar Toshkent shahrida belgilangan 1400 soʻm oʻrniga avtobuslarda 1300 soʻm toʻlaydi.
ATTO kartalarini “Toshyoʻlovchitransxizmat” UK sotuv shoxobchalari va metro kassalaridan sotib olish mumkin.