Facebook 2021-yilning ikkinchi choragi natijalarini eʼlon qildi, unga koʻra daromad oʻtgan yilga nisbatan 56% ga oʻsib, $29,07 mlrd ni tashkil etdi, shundan $28,58 mlrd (98%) reklama ortidan kelgan daromaddir.
CNBC tahlilchilarining fikriga koʻra, bu 2016-yildan beri eng tez oʻsish boʻlib, soʻnggi chorakdagi oʻsish 48% ni tashkil etgandi.
Sof daromad oʻtgan yilga nisbatan 101% ga oʻsib, $10,39 mlrd ni tashkil etdi. Daromadning koʻtarilishiga reklama narxlarining 47% ga qimmatlashishi sabab boʻldi.
Kompaniyaning taʼkidlashicha, uchinchi chorakdagi daromadga platformadagi talablar, xususan maʼlumotlar yigʻish qoidalarining oʻzgarishi (iOS yangilanishi) taʼsir qilishi mumkin.
Avvalroq Spot ma’lumotlar to‘plashdagi yangi o‘zgarishlar sabab Apple va Facebook o‘rtasida muammo kelib chiqqanligi haqida xabar bergan edi.