Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-iyul kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining “Yoshlik-1” koniniborib koʻrdi.
Hududi 11 ming gektar boʻlgan mazkur kondan yiliga 65 million tonna ma’dan qazib olinadi. 60 million tonna mis-molibden rudasini qayta ishlash quvvatiga ega 3-Mis boyitish fabrikasi quriladi.
Shuningdek, ohak zavodi, 650 megavattli elektr tarmogʻi va boshqa infratuzilma obyektlari barpo etiladi.
Loyiha doirasida oʻtgan 4-yilda zamonaviy geologik tadqiqotlar, konda 83 million kub metrdan ortiq hajmdagi qazish ishlari bajarilgan. Buning uchun umumiy qiymati 415 million dollar boʻlgan 570 dan ziyod maxsus texnikalar jalb etilgan.
Ushbu ulkan loyiha 2024-yilda ishga tushirilishi, jami 6 mingta ish oʻrni tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Avvalroq Spot, O’zbekistonda mis klasterlari yaratishga e’tibor qaratilgani haqida xabar bergan edi.