Kobeydjing kartasi ikkala toʻlov tizimida ham bir xil shartlarda ishlashi mumkin. Unda qoʻllab-quvvatlaydigan tizimlarning logotiplari, masalan, UnionPay yoki Visa mavjud.

Karta egasi bir vaqtning oʻzida bir nechta qulayliklarga ega boʻladi. Masalan, siz uni oʻz mamlakatingizdan tashqarida ishlatishingiz, agar xorijiy toʻlov tizimlaridan biri ishlamay qolsa, siz mahalliy tizimdan foydalanishingiz mumkin boʻladi.

Bundan tashqari, bitta kartadan foydalanib, har bir toʻlov tizimining imtiyozlarini olish mumkin.

Kobeydjing kartalari va ularning oʻziga xos xususiyatlari haqida koʻproq maʼlumotni bu yerdan oʻqishingiz mumkin.

Kartani chiqarish uchun aksariyat banklarda 36 750 soʻm toʻlov bor. Anorbank va Asia Alliance Bank-da esa uni bepul olishing mumkin.

Tayyorlash vaqti ham kamaydi. Agar ilgari uch kun kutishga toʻgʻri kelgan boʻlsa, endi Asakabank filiallarida u hatto bir kunda tayyor boʻladi.

Shuningdek, karta ochish va uni yetkazib berishni onlayn buyurtma qilish imkoniyatlari mavjud. Masalan, Aloqabank da Zoomrad mobil ilovasi orqali roʻyxatdan oʻtish uchun yetti kun, etkazib berish uchun esa uch kun kerak boʻladi.

Quyidagi jadvalda kobeydjing kartalarini chiqarish va ularga xizmat koʻrsatish tariflari koʻrsatilgan.

Eʼtibor bering. Maʼlumot banklarning veb-saytlaridan olingan, shaxsan yoki telefon orqali tasdiqlangan. Maʼlumotlar nashr etilgan paytda faol hisoblanadi. Roʻyxat alifbo tartibida tuzilgan va banklar toifalariga kiritilmagan. Maqola faqat maʼlumot olish uchun moʻljallangan.

Bank nomiKarta turiOchish summasi (soʻm)Boshlangʻich depozit (soʻm)*Naqd pul olishToʻlov

“Agrobank”
UZCARD-UnionPay36 70098 000--
HUMO-Visa36 700
---
Anorbank
HUMO-Mastercardbepul-2,5%0,5%



Asia Alliance Bank
UZCARD-UnionPay
36 750
50 000
1%
-
Mastercard Alliance

bepul

100 000

1%
0,5%

Mastercard Alliance Gold

bepul

200 000

1%

0,8%


“Aloqabank”
UZCARD-UnionPay
25 000-
1%
-

UZCARD-“МИР”

25 000
-1%
-

“Asakabank”

UZCARD-Mastercard

30 000
15 0001,5%0,5%

“Qishloq qurilish bank”

UZCARD-UnionPay
36 750-1%-
UZCARD-“МИР”
36 750
-1%
-

“Mikrokreditbank”

UZCARD-UnionPay
36 750
-1%
-


“Xalq banki”
UZCARD-UnionPay

36 750
---
UZCARD-“МИР”

36 750
-1%
-
“Poytaxt” bankUZCARD-UnionPay
36 750
-1%
-
“Savdogarbank”
UZCARD-UnionPay35 000
-1,5%
-
“Turonbank”UZCARD-"МИР"30 000-1%
-
“Universalbank”UZCARD-UnionPay
25 000-1%
-
HamkorbankUZCARD-UnionPay
35 000
-1%
0,5%

*Naqd pul olish va chet elda yoki toʻlovsiz tizimda toʻlash uchun komissiya nafaqat kartani chiqargan bank, balki bankomat egasi tomonidan ham olinadi. Shuning uchun hisobdan jadvalda koʻrsatilganidan koʻproq foiz olinishi mumkin.

Avvalroq Spot ATTO kartalarida toʻlovlar arzonlashgani haqida yozgan edi.