**Maqola Markaziy bankning “Moliyaviy savodxonlik” kanali materiallari asosida tayyorlandi.

Pul jamg’arishni yo’lga qo’yish uchun bir nechta oddiy qoidalarga rioya qilishingizni oʻzi yetarli:

01

1-qoida

Har doim bank karta xisobingizga pul kelib tushganda, bank depozitiga ma’lum foizni ajratishingiz kerak. Depozit shunday boʻlishi kerakki, uni toʻldirish mumkin, ammo ma’lum muddatgacha yechib olish imkonsiz boʻlishi kerak.

02

2-qoida

Har doim jamgʻarma qutichasi tamoyilidan foydalaning. Hozirgi kunda koʻpchilik bank kartalari orqali toʻlovlarni amalga oshirishadi. Masalan, siz 16382 soʻm toʻlovni amalga oshirdingiz. Shundan soʻng bank kartangizda 21618 soʻm qoldi. Bank kartasida 20 000 soʻmni qoldirib, 1618 soʻmni bank jamgʻarma depozitga yuboring.

03

3-qoida

Doʻkonga borishdan oldin har doim kerakli mahsulotlarni roʻyxatini tuzing va unga qat’iy rioya qiling

Ushbu uchta oddiy qoidalar sizga pulni toʻgʻri va tez jamgʻarishga yordam beradi.