Huawei kompaniyasi payshanba kuni oʻzining yangi P50 hamda P50 Pro smartfonini namoyish qildi.

Kompaniyaning taʼkidlashicha, ikkala smartfonning kamerasi sezilarli darajada yaxshilangan, batareya quvvati ham ancha farq qiladi. Huawei-ning P turkumi ayniqsa suratlar bilan ishlashga moʻljallangan.

P50 6,5 dyuymli OLED-ekranga ega. Unga Leica kompaniyasining uchta kamerasi oʻrnatilgan. Kamera obyektivlari 50, 12 va 13 megapikselga teng. Qurilma sakkiz gigabayt tezkor va 128 gigabayt doimiy xotiraga ega. Smartfon batareyasi sigʻimi 4100 milliamper-soatni tashkil etadi. Gadjet chang va suvdan himoyalangan.


Shu bilan birga, qurilma sunʼiy intellekt bilan jihozlangan. Ikkala model HarmonyOS 2.0 operatsion tizimiga ega.

P50 Pro 6,6 dyuymli OLED-ekran bilan jihozlangan. Uning tezkor xotirasi 12 gigabayt va doimiy xotirasi 512 gigabaytga teng. Smartfon uchta kamera bilan jihozlangan boʻlib, obyektivlari 50, 64 va 40 megapikselni tashkil etadi. Uning akkumulyatori sigʻimi 4360 milliamper-soatga teng.

P50 $700, P50 Pro $925 deb baholanmoqda. Qurilma avgustda sotuvga chiqadi.