Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish toʻgʻrisida"gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish choralari toʻgʻrisidagi Prezident qarori (PQ-5202-son, 29.07.2021-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Nukus shahrida “Yosh olimlar akademiyasi” hamda yosh olimlar, startap loyihalar egalari, tadqiqotchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Yoshlar texnoparki tashkil etiladi.
Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi huzurida oʻsimliklar urugʻlari genbanki bilan ta’minlangan laboratoriya, biznes-akselerator oʻquv markazi ochiladi.
Yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan oʻsimlik va hayvonot dunyosi ob’yektlari elektron xaritalanib, ma’lumotlar bazasi yaratiladi.
Shaxslarning yuzi boʻyicha aniqlash texnologiyasi joriy etiladi.
Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanib avtonom ichimlik shoʻr suvni tuzsizlantirish texnologiyasi ishlab chiqiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2,5 ming gektar maydonda paxta, gʻalla, kunjut, makkajoʻxori va chorva ozuqasi ekinlarini sugʻorishda yomgʻirlatib sugʻorish tizimi joriy etiladi.
Sinov laboratoriyalari modernizatsiya qilinib (oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi, elektrotexnika, yengil sanoat), namunalarni laboratoriyaga yetkazish boʻyicha logistika xizmati yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, shoʻrlangan tuproqlar ball bonitetini aniqlash maqsadida oliy ta’lim muassasalararo kompleks biokimyoviy tahlil markazi tashkil etiladi.
30 iyul 2021, 11:02
Biznes
Texnologiyalar
Nukus shahrida “Yosh olimlar akademiyasi” hamda Yoshlar texnoparki tashkil etiladi
Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi huzurida oʻsimliklar urugʻlari genbanki bilan ta’minlangan laboratoriya, biznes-akselerator oʻquv markazi ochiladi.
Foto: Eldos Fazilbekov / Spot
«Spot»
- 358
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 17:09 Biznes
Umra xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha 12ta turoperatorga litsenziya berildi
Mazkur kompaniyalarning litsenziyada ko‘rsatilmagan manzil bo‘yicha faoliyat ko‘rsatishlari ta’qiqlanadi.
Bugun, 16:11 Biznes
UzAuto Motors Cobalt uchun kontraktatsiyani ochmoqda
Shartnoma berish jarayoni 22-noyabr kuni soat 10:00da boshlanib, xaridorlar GX-Style AT Plus hamda GX-Midnight AT uchun shartnoma tuzishlari mumkin bo‘ladi.
Bugun, 16:02 Moliya
Dollar kursi pasaydi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi qariyb 12 so‘mga pasayib, 12 844,21 so‘mni tashkil etdi.
Bugun, 16:00 Texnologiyalar
Toshkentda AWS dasturchilari uchun DynamoDB bo‘yicha vorkshop bo‘lib o‘tadi
Bepul mashg‘ulot EPAM kompaniyasining injiniring bo‘yicha menejeri Aleks Kulagin tomonidan olib boriladi.
Bugun, 15:38 Biznes
Toshkentdagi Lotte hamda International mehmonxonalari sotildi
Lotte mehmonxonasini $20 mlnga Alfa Invest, Internationalni esa $26 mlnga Smart Fast Stroy kompaniyasiga sotish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Bugun, 14:29 Energetika
Issiqxonalarga gaz yetkazib berish bo‘yicha hech qanday cheklov yo‘q — Energetika vazirligi
Issiqxona xo‘jaliklari belgilangan to‘lovlarni amalga oshirib, tabiiy gazdan foydalanishlari mumkin. Hozirda gaz uchun to‘lovning 50%ini oldindan to‘lashga ruxsat etiladi.
Bugun, 13:24 Iqtisodiyot
Toshkentda uy-joylarning investitsion daromadliligi pasaymoqda
Ko‘rsatkich yil boshidagi 32,4%dan oktabrga kelib, 12,2%gacha tushdi. 1 va 2 xonali xonadonlarning investitsion jozibadorligi yuqori hisoblanadi.
Bugun, 12:54 Qiyofa
Dubayda dunyodagi eng katta oltin quyma namoyish qilindi
Qayd etilishicha, og‘irligi 300 kg bo‘lgan mazkur oltin quymasi Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.