Prezident farmoni bilan sentabr oyidan boshlab kimoshdi savdosiga qoʻyiladigan davlat aktivlari roʻyxati tasdiqlandi. Roʻyxatda 12 ta asosiy lotlar bor:
- Lotte City Hotel Tashkent Palace mehmonxonasi.
- Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi.
- Premier Hall kinozali.
- Matbuot uyi (“Gazeta korpusi”).
- “Chotqol” dam olish maskani.
- Algoritm binolari.
- Sobiq “Markaz Ulgurji Savdo Invest” ning bino va inshootlari.
- “Sergeli” sanoat zonasi.
- “Bektemir” sanoat zonasi.
- “Oʻzmetkombinat” metallni saqlash va joʻnatish ombori.
- Zangiotdagi parrandachilik fabrikasi.
- Sobiq kinologiya markazi.
Bularning barchasi Toshkent va Toshkent viloyatida boʻlib, hozirda hokimliklar, banklar, agentliklar va davlat kompaniyalari balansida turipti.
Bu roʻyxatning ikkinchi qismi boʻlib, ilk roʻyxat yil boshida chiqarilgandi. Oʻshanda 12 ta aktivdan faqat ikkitasi — sobiq gazeta binosi va “Ichan Qalʼa” mehmonxonasi sotilgan.