Xalqaro valyuta fondi mamlakatlarda iqtisodiyotni tiklash uchun 650 milliard dollar mablag' ajratadi. Bu tashkilot tarixidagi eng yirik summa hisoblanadi, deya ta’kidlaydi tashkilot rahbari Kristalina Georgiyeva nutqida.
Ajratiladigan mablag’ning $275 mlrd miqdori rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyotidagi davlatlarga ajratiladi.
“Bu tashkilot tarixidagi eng katta mablag' hisoblanadi. Buni bir vaqtning o’zida jahon iqtisodiyotida kechayotgan inqiroz uchun yordam vositasi sifatida ko’rishimiz mumkin”, — deydi Georgiyeva.
Uning so’zlariga ko’ra, mablag 'ajratilishi “barcha a’zo davlatlar manfaatlariga xizmat qiladi, zaxiralarga bo’lgan uzoq muddatli global ehtiyojni qondirishga yordam beradi”.
Bu ishonchni mustahkamlaydi va jahon iqtisodiyotining barqarorligini oshiradi. Pul mablag’larini ajratish to’g’risidagi qaror 2- avgustdan kuchga kiradi. Pul mablag’lari kvotaga mutanosib ravishda fondga a’zo davlatlar o’rtasida taqsimlanadi.
Avvalroq Spot, XVF ning O’zbekiston uchun keltirib o’tgan prognozlari haqida ma’lumot bergan edi.
Unga ko’ra, 2021- yilda mamlakatda iqtisodiy o’sish davom etishi kutilmoqda, ammo bu ko’rsatkich bir nechta sabablarga ko’ra kechikishi mumkin:
- Karantin qoidalari qayta tiklanishi.
- Vaksinatsiya sekin o’tishi.
- Oltin narxi pasayishi va boshqalar.
Shuningdek, davlat tomonidan tiklanishga qaratilgan siyosat, aholini qo’llab quvvatlash, strukturaviy islohotlar va turli chora tadbirlar ham iqtisodiyotni o’sishiga yordam beradi. Ayni paytda ko’rilgan choralarni yumshatish mumkin emasligi qayd etildi.
Davlat tomonidan soliq va Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosati oqilona deb baholandi va bundan keyin kredit stavkalari to’liq bozorga asoslangan bo’lishi va imtiyozli kreditlarni subsidiyalash kerakligi ta’kidlandi.