Hukumatning “Kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi.

Kichik hajmli kema — asosiy dvigatellari quvvati 55 kVt (75 ot kuchi) va yoʻlovchi sigʻimi 12 kishidan ortiq boʻlmagan oʻzi yurar kemalar, shuningdek, osma motorli kemalar, suv mototsikllari, yuk koʻtarish qobiliyati 80 registr tonnadan ortiq boʻlmagan oʻzi yurmas kemalar (eshkakli qayiqlar va suv velosipedlari), yelkanli kemalar havo bosimi bilan toʻldiriladigan yoki shishiriladigan motorsiz eshkakli qayiqlar hisoblanadi.

Kemani roʻyxatdan oʻtkazishni Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Kichik hajmli kemalar” axborot tizimi orqali ham amalga oshirish mumkin.

Jismoniy yoki yuridik shaxs kichik hajmli kema xarid qilganda texnik holatidan qatʼi nazar, roʻyxatdan oʻtkazish uchun tegishli hududiy boshqarmaga 30 ish kunida murojaat etadi.

Kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun quyidagicha toʻlovlar undiriladi:

  • motorli kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) — BHMning 20%i (49 ming soʻm);
  • motorsiz kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) — BHMning 10%i (24 500 soʻm);
  • kema bileti dublikatini berish — BHMning 10%i (24 500 soʻm).

Qarorga koʻra, roʻyxatdan oʻtkazilmagan kemalardan foydalanish taqiqlanadi.