Oʻzbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov “Jenoa"dan “Roma” klubiga koʻchib oʻtdi. Rimliklar oʻzbekistonlik uchun 17,5 mln yevro toʻlaydigan boʻldi, shartnoma esa 2026-yilgacha tuzildi.

Maʼlum boʻlishicha, Eldor yangi jamoasida yiliga 2 mln yevro ishlab topadi. Bundan tashqari, uning transferidan “Bunyodkor” va “Mashʼal” jamoalari ham pul ishlab oladi.

Soʻnggi toʻrt yilda Eldorning maoshi quyidagicha oʻzgarib bordi:

  • “Rostov” — oyiga 20 ming yevro
  • “Jenoa” — oyiga 100 ming yevro
  • “Roma” — oyiga 150 ming yevro.

Shomurodovga bir nechta Italiya jamoalari qiziqqan. Avvalroq uni “Yuventus” ham xarid qilmoqchi boʻlgandi. Biroq yakunda u poytaxt jamoasiga yoʻl oldi.