YouTube ayrim Yevropa davlatlarida Premium Lite-ni sinovdan oʻtkazmoqda, deya yozmoqda The Verge kompaniyaga tayanib.
Obuna narxi oyiga 6,99 yevroni tashkil qiladi. Obunachi bu orqali reklamasiz YouTube videolarini tomosha qilishi, Smart TV ilovalari va YouTube Kids-dan foydalanishi mumkin boʻladi kiradi. YouTube Music boʻyicha bonuslari mavjud emas.
Premium obunaga reklamalarni oʻchirish, videolarni fonda va oflaynda koʻrish va YouTube Music-da reklamalarni yashirish kiradi.
Platforma hozircha Lite obunalarini sinab koʻrmoqda. Xizmat foydalanuvchilarning fikr-mulohazalari asosida ommaviylashtiriladi.
Avvalroq Spot 1-iyundan YouTube platformadagi barcha videolarga reklama joylashtira boshlaganligi haqida xabar bergandi.